11:42 / 08.09.2023
6097

7 oyda 14,5 mingdan ortiq xorijlik Qozog‘iston fuqaroligini oldi

O‘tgan yili Qozog‘iston fuqaroligini olganlar ichida eng ko‘pi O‘zbekistondan kelganlar bo‘lgan – 14 353 nafar (shundan 13 166 nafari etnik qozoqlar), deb xabar qildi respublika IIV.

Foto: Anadolu Agency

Joriy yilning 7 oyi davomida 14 561 nafar xorijlik Qozog‘iston fuqaroligini olgan. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligiga tayanib, «Kazinform» xabar berdi.

«2022 yilda Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligini 22 114 kishi qabul qilgan, shundan 17 663 nafari - etnik qozoqlar. Qozog‘iston fuqaroligini olganlar ichida eng ko‘pi O‘zbekistondan kelganlar – 14 353 (shundan 13 166 etnik qozoq), Xitoy Xalq Respublikasi – 1731 (shundan 1725 etnik qozoq), Rossiya – 1436 (484 etnik qozoq), Turkmaniston – 1186 (shundan – 1176 etnik qozoq) va Qirg‘iziston – 910 (shundan 220 etnik qozoq)», — deya ma’lum qildi vazirlik agentlik so‘roviga javoban.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 7 oyi davomida 14 561 kishi Qozog‘iston fuqaroligini olgan, shundan 11 142 nafari etnik qozoq. 

«Ularning aksariyati O‘zbekistondan – 8500 (shundan 7301 nafari etnik qozoqlar), Rossiyadan – 2133 nafar (shundan 845 nafari etnik qozoqlar), Turkmanistondan – 1203 nafari (shundan 1185 nafari etnik qozoqlar), Xitoy Xalq Respublikasidan – 1064 nafar (shundan 1062 nafari etnik qozoqlar) va Qirg‘iziston – 718 nafar (shundan 535 nafari etnik qozoqlardir)», — deyiladi vazirlik xabarida. 

Mavzuga oid
Top