Jahon | 09:53 / 26.09.2023
7725
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriya bosh vaziri: Shvetsiyani NATOga qabul qilishni tezlashtirishga asos yo‘q

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, hozirda «hech narsa Shvetsiya xavfsizligiga tahdid solmayapti».

Foto: Euronews

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Shvetsiyani NATOga qabul qilish jarayonini tezlashtirish uchun hozircha hech qanday asos ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Orban Vengriya parlamentining kuzgi sessiyasi ochilishidagi nutqida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda «hech narsa Shvetsiya xavfsizligiga tahdid solmayapti» va shuning uchun Vengriyada mamlakatni alyansga qabul qilish jarayoniga shoshilish uchun asos yo‘q.

«Biz Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilishga undaydigan shoshilinch nimadir bor-yo‘qligini ko‘rishimiz kerak. Men bunday holatlarni ko‘rmayapman», - dedi Orban.

Avvalroq Vengriya parlamenti raisi Laslo Kever Vengriya Shvetsiyaning yaqin haftalarda NATOga kirishini ratifikatsiya qilmasligi mumkinligini aytgan edi.

Mavzuga oid