Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva apellyatsiya sudi Navalniyga chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
Apellyatsiya sudi qarori Navalniyga «ekstremistik ish» bo‘yicha chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirganini anglatadi. Tez orada u maxsus rejimdagi koloniyaga o‘tkaziladi.
Foto: Alexander Zemlianichenko/AP
Moskvadagi birinchi apellyatsiya sudi 26 sentabr, seshanba kuni muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy va «Navalnyy LIVE» YouTube-kanali sobiq texnik direktori Daniyel Xolodniyga «ekstremistik ish» bo‘yicha chiqarilgan hukmni tasdiqladi. Bu haqda «Mediazona» xabar berdi.
4 avgust kuni Moskva shahar sudi Navalniy boshqa ish bo‘yicha to‘qqiz yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Vladimir viloyatidagi IK-6da bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida muxolifatchi siyosatchini yana 19 yilga maxsus rejimli koloniyaga va yarim million rubl miqdorida jarimaga hukm qildi. Shuningdek, ozodlikka chiqqanidan keyin unga uch yilga ozodlik cheklanishi va internetda ma’lumot e’lon qilishiga o‘n yillik taqiq joriy etildi. Sud Xolodniyni sakkiz yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi.
Navalniy ekstremizmga chaqirish, fuqarolar huquqlarini poymol qiluvchi nodavlat tashkilot tuzish, ekstremizmni moliyalashtirish, ekstremistik jamiyatni yaratish, voyaga yetmaganlarni xavfli xatti-harakatlarga jalb qilish va natsizm reabilitatsiyasida aybdor deb topildi. Daniyel Xolodniy, o‘z navbatida, ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish va ekstremistik tashkilot faoliyatida ishtirok etishda aybdor ekani aytildi.
Navalniy maxsus rejimdagi koloniyaga o‘tkaziladi
Navalniyning advokati Olga Mixaylova aytishicha, apellyatsiya sudi hukm matnini biroz o‘zgartirgan: endi unda muxolifatchi «o‘ta xavfli retsidivist» emas, «xavfli retsidivist» sifatida qayd etilgan. Himoyachi hukm ustidan kassatsiya sudiga shikoyat qilmoqchi.
Shu bilan birga, TASS qayd etishicha, apellyatsiya sudi qarori Aleksey Navalniyga nisbatan hukm kuchga kirganini bildiradi. Ya’ni, u tez orada maxsus rejimdagi koloniyaga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
13:56 / 08.01.2026
Sobiq deputat Rossiya Konstitutsiyaviy sudida “chet el agentlari” haqidagi qonunga qarshi chiqdi
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
10:25 / 27.12.2025