Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi harbiy sun’iy yo‘ldosh uchirilganini e’lon qildi
«Nur-3» orbitaga 450 km balandlikda olib chiqilgan.
Foto: MNA
Eron o‘zining uchinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshi - «Nur-3»ni muvaffaqiyatli uchirdi.
Bu haqda Eron axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Iso Zarepur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Sun’iy yo‘ldosh 450 km balandlikdagi orbitaga chiqarildi.
«Nur-3» uchirilishi Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tomonidan Eronda ishlab chiqarilgan Ghassed raketa tashuvchisi yordamida amalga oshirildi.
2009 yil fevral oyida Eron o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqandi.
2020 yilning aprel oyida Eronning «Nur» deb nomlangan birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshi uchirilgan, 2022 yilning mart oyida esa «Nur-2» orbitaga chiqarilgan.
Mavzuga oid
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
11:53 / 19.02.2026
O‘zbekistonga arab xurmosini eng ko‘p Eron yetkazib berdi
10:15 / 19.02.2026
OAV: AQSh 21 fevraldayoq Eronga zarbalar berishga tayyor
07:17 / 19.02.2026