Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya oktyabr oyidan Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshlaydi - Putin
Iyun oyida O‘zbekiston Rossiya bilan 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzgan edi.
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Gazprom» tomonidan Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish shu oydan boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda u «Valday» diskussiya klubi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«Shu yilning oktyabr oyida yetkazib berish to‘la ravishda boshlanadi. Hozircha katta bo‘lmagan hajmda yetkazib beramiz, lekin bu ham Qozog‘iston, ham O‘zbekiston iqtisodiyotlari uchun o‘ta muhim. Yiliga 3 mlrd kub metr yetkazib beramiz, keyinroq buni oshirishimiz ham mumkin», dedi Putin.
4 oktyabr kuni Qozog‘iston Energetika vazirligi rahbari Almasadam Satqaliyev Qozog‘iston oktyabr oyi oxirigacha Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazishni boshlash niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy oy oxirida yakunlanishi kerak bo‘lgan ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng jarayon boshlanadi.
2022 yil noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan «uchlik gaz ittifoqi»ni tuzish rejalari haqida ma’lum qilgandi. 2023 yil may oyida Qozog‘iston hukumati Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranziti bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qildi. Iyun oyida O‘zbekiston Rossiya bilan 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzdi. Kelishuv kuniga 9 million kub metr gaz importini nazarda tutadi. Gaz yetkazib berish 1 oktyabrdan boshlanishi e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
12:35 / 31.12.2025