Murojaatdan so‘ng: Dehqonobodning Yangiqishlog‘ida yangi ko‘prik qurildi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani Yangiqishloqdagi ko‘prikni har yili sel yuvib ketardi. Aholi murojaati Kun.uz’da e’lon qilinganidan keyin qishloqqa 2 mlrd so‘mlik ko‘prik qurib berildi.
2022 yilning 10 noyabrida Kun.uz saytida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Yangiqishloq aholisining murojaati e’lon qilingan edi. Unda aholi Yangiqishloq va Boyqo‘rg‘on hududlaridan oqib o‘tadigan Katta Ura daryosiga yangi ko‘prik qurib berishni so‘ragan. Katta Ura daryosi ustidagi ko‘prik 40 yil oldin qurilgan bo‘lib, abgor ahvolda edi. Qishloqliklar hashar yo‘li bilan quradigan ko‘prikni esa har yili sel yuvib ketgan. Tuman aholisining yangi ko‘prik qurilishini so‘rab mahalla va hokimiyatga qilgan murojaati javobsiz qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yangiqishloqqa 2023 yilning sentabr oyida ko‘prik qurib topshirilgan. Ko‘prik uzunligi 50 metr, eni 5.5 metrni tashkil qiladi. Umumiy qiymati esa 2 mlrd so‘m. Tuman aholisi, o‘qituvchi va shifokorlar ko‘prikning qurilishi ular uchun muhim voqea ekanini aytmoqda.
“Chunki bir necha yildan beri mustahkam ko‘prik Yangiqishloq va boyqo‘rg‘onliklar uchun orzu edi. Ayniqsa sel suv toshqini, bahor qish oylarida juda qiyin bo‘lar edi. Bu yil kuzda shu muammo haqida o‘ylamaydigan bo‘ldik”, – deydi tumandagi 13-maktab o‘qituvchisi Bekzod Yaxshiboyev.
Tuman hokimligi Dehqonobodda bunday ko‘priklar 2023 yilda 74 ta qurib topshirilganini va yana yil oxirigacha bu son ortishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13
-
Braziliyada havo sharining qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
-
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin
Jahon | 21:16
Mavzuga oid

14:02 / 13.06.2025
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi

13:59 / 03.10.2024
Piskentda ko‘prik qulashi: Yuk mashinasi 98 tonna ortiqcha yuk bilan harakatlangan

22:42 / 02.10.2024