O‘zbekiston | 08:10 / 28.10.2023
4181
1 daqiqa o‘qiladi

BMTTD rahbari «O‘zbekiston-2030» strategiyasini amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov BMTning Taraqqiyot dasturi rahbari Axim Shtayner bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va BMTTD o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, xususan, kambag‘allikni qisqartirish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish bo‘yicha mamlakat vazifalarini bajarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

BMTning Taraqqiyot dasturi rahbari O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda sezilarli muvaffaqiyatga erishayotganini qayd etdi. Shuningdek, u BRMga erishish uchun Markaziy Osiyoda birinchi suveren obligatsiyalar chiqarilishini olqishladi.

Axim Shtayner BMTTD «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirishda ko‘mak berishga tayyorligini hamda mamlakat uchun muhim bo‘lgan sohalarda turli loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston hukumati bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga intilishini tasdiqladi.

Mavzuga oid