Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sobiq vitse-prezidenti saylovoldi kampaniyasini to‘xtatdi
Mayk Pens hozir «o‘zining davri emasligini» ta’kidladi.
Foto:
AQSh sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens davlat rahbari lavozimiga saylovoldi kampaniyasini to‘xtatganini ma’lum qildi.
Pens o‘z qarorini Respublikachilar konferensiyasida so‘zlagan chog‘ida e’lon qildi. «Bu mening vaqtim emasligi ayon bo‘ldi», deb tushuntirdi u.
Mayk Pens 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun o‘zini Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida shu yilning yozida e’lon qilgan edi. Undan tashqari, saylovda respublikachilardan sobiq prezident Donald Tramp, Florida gubernatori Ron DeSantis va senator Tim Skott ham o‘z nomzodini ilgari surgan edi.
Avgust oyida Donald Tramp boshqa respublikachi nomzodlardan prezidentlik poygasida ishtirok etmaslikni so‘radi va bundan ma’ni yo‘q ekanini aytdi. Tramp so‘zlariga ko‘ra, u respublikachilar orasida yagona nomzod va bu nomga boshqa hech kim ega chiqa olmaydi.
Mavzuga oid
16:17
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
14:08
Aliyev va Vens strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
12:05
AQSh Yevropadan Ukraina uchun yangi qurol xaridlarini kutmoqda
21:58 / 10.02.2026