Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ayollar soni erkaklar sonidan ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, oradagi farq 500 mingni tashkil qiladi.
Foto: RIA Novosti
Qozog‘istonning doimiy aholisi soni 20 millionga yaqinlashdi. Bu haqda Milliy statistika byurosi ma’lumot (.xls) berdi.
Qayd qilinishicha, 2023 yil 1 sentabr holatiga Qozog‘istonning doimiy aholisi soni 19 million 944 ming 726 kishiga teng. Bunda shahar aholisi 12,4 million kishini, qishloq aholisi 7,5 millionni tashkil qilgan.
Qozog‘istonning aholisi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 178 ming kishiga ko‘paygan. Shundan 172 ming kishi tabiiy o‘sish hisobiga, 6 ming kishi migratsiya hisobiga ekani aytilmoqda.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda ayollar soni erkaklar sonidan ko‘p. Jumladan, ayollar 10,2 millionni, erkaklar esa 9,7 millionni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36,6 million kishini tashkil etadi. Bunda erkaklar (18,4 mln) soni ayollarnikidan (18,2 mln) ko‘proq.
Mavzuga oid
14:18 / 02.01.2026
2025 yil yakunlari: 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi
12:39 / 02.01.2026
Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
09:34 / 02.01.2026