O‘zbekiston | 13:00 / 27.11.2023
3476
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Avstriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Vena shahrida O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimovning Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, marosim doirasida elchining Avstriya prezidenti bilan suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning ushbu mas’uliyatli faoliyati Avstriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Elchi shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotidagi O‘zbekistonning doimiy vakili sifatida ham rasman akkreditatsiya qilingan edi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Avstriyaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida 2017–2023 yillar mamlakating BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid