Sog‘lom hayot | 11:28
343
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Avstriya tibbiyot yo‘nalishida qo‘shma dasturlar tayyorlamoqda

Avstriyaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminovaning Krems universitetiga tashrifi chog‘ida tibbiyot va kasbiy ta’lim sohasida qo‘shma dasturlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlashda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda hozirgi kundagi o‘zaro hamkorlik holati ko‘rib chiqilib, uni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalar doirasini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, kasbiy va dual ta’lim sohasida ikki yangi yo‘nalish — mehmondo‘stlik industriyasi va tibbiyot uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha dasturlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar yaqinlashib kelayotgan Toshkentga ishchi tashrif doirasida muloqotni davom ettirish, bir qator qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazish hamda kelajakdagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish yuzasidan kelishib oldi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi sheriklikni mustahkamlashga yuqori qiziqish bildirib, qo‘shma tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Mavzuga oid