22:44 / 04.12.2023
11143

Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Davlat oliygohlariga 1-kursga o‘qishga kirganlar va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25 dekabrga qadar uzaytirildi.

Oliy ta’lim vazirligiga ko‘ra, bunda ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTM rahbarlarining murojaatlarini inobatga olingan.

Shu tariqa, davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, 2023/2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 25 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi. 

Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Top