Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 11-13 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11 dekabrda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi -0...-5 daraja, 12 dekabrda kechasi -15...-20 daraja, kunduzi -7...-12 daraja, 13 dekabrda kechasi -15...-20 daraja, kunduzi -5...-10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +1...+6 daraja, 12 dekabrda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi -3...-8 daraja, 13 dekabrda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi -3...-8 daraja, Navoiy viloyatining shimolida 11 dekabrda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi -0...-5 daraja, 12 dekabrda kechasi -15...-20 daraja, kunduzi -7...-12 daraja, 13 dekabrda kechasi -15...-20 daraja, kunduzi -5...-10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 12 dekabrda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -3...-8 daraja, 13 dekabrda kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -3...-8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 12 dekabrda kechasi -1...-6 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, 13 dekabrda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 12 dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi -2...+3 daraja, 13 dekabrda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -3...-8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 11-12 dekabrda qor yog‘adi, 11 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi va kunduzi -0...-5 daraja, 12-13 dekabrda kechasi -10...-15 darajagacha pasayadi, kunduzi -4...-9 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:20 / 22.01.2026
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026