18:56 / 28.12.2023
25457

Tesla zavodida robot muhandisga jarohat yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Robotning qisqichlari muhandisning orqasi va qo‘liga qadalgan, u tirik qolgani ta’kidlanmoqda. 

Foto: Tesla

AQSh Texas shtatidagi Ostin shahri yaqinida joylashgan Tesla kompaniyasining Giga Texas zavodida robot manipulyator muhandisga jarohat yetkazdi. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi. 

Voqea 2021 yilda sodir bo‘lgan, ammo tafsilotlar yaqinda ochiqlangan. Hodisa haqida Tesla kompaniyasining Trevis okrugidagi federal nazorat organiga topshirilgan hisobotidan ma’lum bo‘lgan. 

Qayd qilinishicha, muhandis robotni sozlayotgan paytda to‘satdan avtomobil qismlarini tashuvchi manipulyator ishlab ketgan va mexanik qo‘l odamni devorga qisib qo‘ygan. Uning qisqichlari esa muhandisning orqasi va qo‘liga qadalgan. 

Daily Mail xabariga ko‘ra, xodim tirik qolgan, ammo og‘ir jarohat olgan. Tesla hisobotida muhandisning shifoxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagani ta’kidlangan. 

Shu bilan birga, hisobotda robotlar va odamlar bilan bog‘liq boshqa hodisalar ko‘rsatilmagan.

Mavzuga oid
Top