Italiya tashqi ishlar vaziri: Yevroittifoq o‘z armiyasiga ega bo‘lishi kerak
YeI tinchlikparvarlik missiyalarini bajarish va mojarolarning oldini olish uchun umumiy qurolli kuchlarni shakllantirishi kerak, dedi Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani.
Yevropa Ittifoqi tinchlikparvarlik missiyalarini amalga oshirish va mojarolarning oldini olish uchun o‘z yagona qurolli kuchlarini yaratishi kerak, dedi Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani 7 yanvar, yakshanba kuni La Stampa nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z armiyasini yaratish - «Yevropa samarali tashqi siyosatini olib borishning asosiy sharti». «AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya kabi kuchli o‘yinchilar bo‘lgan, inqirozlar Yaqin Sharqdan Hind-Tinch okeani mintaqasigacha tarqalayotgan dunyoda italyan, nemis, fransuz yoki boshqa fuqarolarni himoya qilishi mumkin narsa, faqat mavjud bo‘lgan format, ya’ni Yevropa Ittifoqidir», - deya ta’kidladi Tayani.
Antonio Tayani, shuningdek, Yevropa davlatlari o‘rtasida mudofaa sohasida yaqin hamkorlik - o‘zi rahbarlik qilayotgan «Olg‘a, Italiya» (Forza Italia) partiyasi uchun ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Italiya Tashqi ishlar vazirligining amaldagi rahbari, avvalroq tashkilotni boshqargan Silvio Berluskoni 2023 yilda vafot etganidan so‘ng partiyadagi asosiy lavozimni egalladi. Shuningdek, u YeI rahbariyatini isloh qilish, Yevrokomissiya va Yevrokengash rahbarlari lavozimlarini tugatish hamda ularning o‘rnida yagona rahbarlik lavozimini joriy etishga chaqirdi.
Berluskonining siyosiy merosi
«Olg‘a, Italiya» konservativ partiyasi 1994 yilda Silvio Berluskoni tomonidan tuzilgan va o‘sha yili saylovdagi g‘alabasidan so‘ng o‘ng markazchi partiyalar koalitsiyasini tuzgan. 1994 yil 11 mayda u bosh vazir sifatida qasamyod qildi va Yevropaning birinchi ko‘p milliard dollarlik boylikka ega hukumat rahbariga aylandi.
Umuman olganda, Silvio Berluskoni Italiya bosh vaziri lavozimida to‘rt marta ishlagan, oxirgisi 2011 yilgacha. 2022 yil sentabrida u navbatdan tashqari parlament saylovlaridan so‘ng Italiya Senatiga qaytdi. Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin do‘stlaridan biri hisoblangan. Shu bilan birga, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, Berluskoni hafsalasi pir bo‘lganini ta’kidladi, ammo urushda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni aybladi.
Mavzuga oid
13:51 / 24.12.2024
Italiyaning eng yirik banki RFdan yevroda to‘lovlar qabul qilishni to‘xtatadi
15:01 / 23.12.2024
Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkazish uchun foydalanishi mumkin
13:48 / 19.12.2024
«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi
13:14 / 05.12.2024