Yevropa Ittifoqi tinçlikparvarlik missiyalarini amalga oşiriş va mojarolarning oldini oliş uçun öz yagona qurolli kuçlarini yaratişi kerak, dedi Italiya taşqi işlar vaziri Antonio Tayani 7 yanvar, yakşanba kuni La Stampa naşriga bergan intervyusida. 

Uning sözlariga köra, öz armiyasini yaratiş - «Yevropa samarali taşqi siyosatini olib borişning asosiy şarti». «AQŞ, Xitoy, Hindiston, Rossiya kabi kuçli öyinçilar bölgan, inqirozlar Yaqin Şarqdan Hind-Tinç okeani mintaqasigaça tarqalayotgan dunyoda italyan, nemis, fransuz yoki boşqa fuqarolarni himoya qilişi mumkin narsa, faqat mavjud bölgan format, ya’ni Yevropa Ittifoqidir», - deya ta’kidladi Tayani. 

Antonio Tayani, şuningdek, Yevropa davlatlari örtasida mudofaa sohasida yaqin hamkorlik - özi rahbarlik qilayotgan «Olğa, Italiya» (Forza Italia) partiyasi uçun ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Italiya Taşqi işlar vazirligining amaldagi rahbari, avvalroq taşkilotni boşqargan Silvio Berluskoni 2023 yilda vafot etganidan söng partiyadagi asosiy lavozimni egalladi. Şuningdek, u YeI rahbariyatini isloh qiliş, Yevrokomissiya va Yevrokengaş rahbarlari lavozimlarini tugatiş hamda ularning örnida yagona rahbarlik lavozimini joriy etişga çaqirdi. 

Berluskonining siyosiy merosi 

«Olğa, Italiya» konservativ partiyasi 1994 yilda Silvio Berluskoni tomonidan tuzilgan va öşa yili saylovdagi ğalabasidan söng öng markazçi partiyalar koalitsiyasini tuzgan. 1994 yil 11 mayda u boş vazir sifatida qasamyod qildi va Yevropaning birinçi köp milliard dollarlik boylikka ega hukumat rahbariga aylandi. 

Umuman olganda, Silvio Berluskoni Italiya boş vaziri lavozimida tört marta işlagan, oxirgisi 2011 yilgaça. 2022 yil sentabrida u navbatdan taşqari parlament saylovlaridan söng Italiya Senatiga qaytdi. Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin döstlaridan biri hisoblangan. Şu bilan birga, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan söng, Berluskoni hafsalasi pir bölganini ta’kidladi, ammo uruşda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni aybladi.