Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:31 / 22.02.2024
12347
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga 2023 yilda qancha turist kelgani ma’lum qilindi
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Foto: Kun.uz
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga yoki 26,6 foizga oshgan.
O‘zbekistonga 2023 yilda eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:
- Tojikiston – 2 155,2 ming nafar;
- Qirg‘iziston – 1 757,1 ming nafar;
- Qozog‘iston – 1 333,3 ming nafar;
- Rossiya – 714,3 ming nafar;
- Turkiya – 106,5 ming nafar;
- Turkmaniston – 100,3 ming nafar;
- Xitoy – 42,5 ming nafar;
- Hindiston – 45,5 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 37,1 ming nafar;
- Germaniya – 29,6 ming nafar;
- Italiya – 25,6 ming nafar;
- AQSh – 23 ming nafar;
- Fransiya – 18,6 ming nafar;
- Buyuk Britaniya – 16,2 ming nafar;
- Ispaniya – 15,2 ming nafar;
- Belarus – 15,1 ming nafar;
- Ozarboyjon – 14,7 ming nafar;
- Yaponiya – 12,4 ming nafar.
Mavzuga oid
17:50 / 19.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
14:25 / 19.01.2026
Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi
13:12 / 19.01.2026
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
12:25 / 19.01.2026