19:18 / 05.03.2024
4524

O‘zbekistonda ov mavsumi yakunlandi 

Endi 15 avgustga qadar har qanday ov uchun taqiq o‘rnatiladi. 

«Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq 28 fevraldan O‘zbekistonda ov mavsumi yakunlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, endi 15 avgustga qadar ov qilishga taqiq o‘rnatiladi. 

Vazirlik fuqarolardan cheklov vaqtida tabiatni muhofaza qilish qonunchilik talabalariga rioya etishni, shu bilan birga, qush ovi bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarni 10 kun muddatda O‘zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va uning bo‘linmalariga topshirishni so‘ramoqda. Ta’kidlanishicha, noqonuniy ov uchun qa’tiy javobgarlik belgilangan. 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi mavsumda noqonuniy ov bilan bog‘liq bo‘lgan mingdan ortiq holat aniqlangan. Huquqbuzarlarga nisbatan qariyb 3 milliard so‘mga yaqin jarima jazosi qo‘llangan. Shuningdek, ulardan 837 ta hayvon va parranda, 2836 kg baliq, 160 dan ortiq noqonuniy ov qurollari olib qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top