Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlarida Toshkentdagi jamoat transporti harakati tartibi ma’lum qilindi
Toshkent shahrida avtobuslar 21, 22, 23, 24 mart kunlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 21-24 mart kunlari dam olish kunlari etib belgilangan.
Shu munosabat bilan, «Toshshahartransxizmat» AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati qanday tartibda tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra:
- 2024 yil 21 mart, payshanba - Navro‘z bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 22 mart, juma - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 23 mart, shanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 24 mart, yakshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026