Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi
Uch kishi sayr qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Qulosoy sharsharasi yaqiniga borgan. Biroq ulardan biri ehtiyotsizligi oqibatida oyog‘idan jarohat olgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Qutqaruvchilar Bo‘stonliq tumanida tog‘da jarohat olgan fuqaroni qutqarishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 iyul kuni soat 13:09 atrofida uch kishi sayr qilish maqsadida Bo‘stonliq tumani Burchmulla mahallasidagi Qulosoy sharsharasi yaqiniga borib, ulardan biri ehtiyotsizligi oqibatida chap oyog‘idan jarohat olgani haqida xabar kelib tushgan.
Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi va Bo‘stonliq tumani FVBning bir guruh qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va jarohat olgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohatlangan fuqaro tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Fuqaroning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli shifokorlar tomonidan yashash uyiga ruxsat berilgan.
Oldinroq Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Oqsoy tog‘iga sayr qilishga borib adashib qolgan 4 kishi qutqarilgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:33
-
AQShning yangi savdo bojlari 7 avgustdan kuchga kiradi
Jahon | 12:32
-
Hafta oxirida quruq ob-havo saqlanib turadi
O‘zbekiston | 12:16
-
Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 12:03
Mavzuga oid

13:58 / 31.07.2025
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi

15:01 / 07.07.2025
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

20:08 / 05.07.2025