Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bosh vaziri Netanyahuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Narendra Modi Isroil vazirlar mahkamasi rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.
Foto: Amir Cohen / Reuters
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatda mintaqadagi keskinlikni kamaytirish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish muhimligini ta’kidladi.
Modi X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil vazirlar mahkamasi rahbari bilan suhbati natijalarini e’lon qildi.
Hindiston hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu unga Hindiston mustaqilligi 78 yilligi munosabati bilan qo‘ng‘iroq qilgan.
Telefon muloqoti chog‘ida Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirish yo‘llari muhokama qilindi, dedi Modi.
«Men yana barcha asirlarni ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitim tuzish va uzluksiz insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha chaqiriqni takrorladim», — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
09:49 / 15.12.2025
Netanyahu: Avstraliya antisemitizmga qarshi kurashmayapti
12:45 / 13.12.2025
Netanyahu Misrga bormoqchi. Gaz bo‘yicha megakelishuv imzolanishi mumkin
18:14 / 30.11.2025