Chorvoqdagi ikki kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisada katamaranga urilgan gidrosiklni boshqargan yigit qamaldi
19 yoshli fuqaro gidrosiklda tezlikni oshirishi va yo‘nalishni keskin o‘zgartirishi oqibatida boshqa dam oluvchilar boshqarib ketayotgan katamaranga urilgan. Sud uni temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatini sodir qilgan deb topdi.

Illyustrativ foto
Chorvoq suv omborida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa – skuterning katamaranga urilishi oqibatida ikki kishining halok bo‘lgani yuzasidan skuterni boshqargan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanishdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, hodisa 2024 yil 20 iyul kuni sodir bo‘lgan. Skuterni Zangiota tumani yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan F.Q. boshqargan. Unga nisbatan 22 iyul kuni qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
F.Q. 20 iyul kuni soat 13:30 larda fuqaro N.S.ga tegishli Үamaxa gidrosiklini Chorbog‘ suv omborida tegishli hujjatlarsiz boshqargan. U suv omborining “Burchmullo” dam olish plyaji qismida gidrosiklni ruxsat etilgan 10 km/soat tezlikdan oshirib, 40 km/soat tezlikda harakatlantirgan. Ehtiyotsizlik ortidan fuqarolar I.O. va A.A. boshqarib ketayotgan katamaran yonida yo‘nalishni keskin o‘zgartirgan hamda katamaranning bort qismiga osilib cho‘milayotgan A.S., A.J. va U.Z.ni urib yuborgan.
Sodir etilgan daryo-transport hodisasi oqibatida A.S. va A.J. voqea joyida halok bo‘lgan. U.Z. esa yengil tan jarohati olib, Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
F.Q. sudda aybiga to‘liq iqror bo‘lib, baxtsiz hodisa ehtiyotsizligi oqibatida sodir bo‘lganini bildirgan hamda marhumlarning yaqinlaridan kechirim so‘ragan.
Sud F.Q.ni Jinoyat kodeksining 260-moddasi (temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Kun.uz avvalroq Chorvoq suv omborida katamaranga gidrosikl kelib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berib, 2020 yilda hukumat bu suv havzasida barcha turdagi motorli qayiqlardan foydalanishni taqiqlaganiga e’tibor qaratgandi. Ushbu taqiqni binosi shundoqqina Chorvoq suv omborining yonida joylashgan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi ham negadir nazorat qilmagan.
Sentyabr oyiga kelib Vazirlar Mahkamasining “Suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unda 2025 yil 1 maydan boshlab tabiiy va sun’iy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi o‘rnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli hamda elektromotorli suv transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:46
-
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi
O‘zbekiston | 16:41
-
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
O‘zbekiston | 16:13
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
Mavzuga oid

17:05 / 04.02.2025
Qashqadaryoda avtomobilda «drift» qilishga uringan ikki yigit halok bo‘ldi

16:14 / 04.02.2025
Lift shaxtasida farroshni tosh bosib qolgan - Riviera'dan reportaj

20:08 / 03.02.2025
Riviera savdo markazi farroshi lift shaxtasida halok bo‘ldi

16:38 / 29.01.2025