Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo aholisi urush boshlanganidan beri 6 foizga kamaydi
Anklavdan 100 mingga yaqin falastinlik qochgani va 55 mingdan ortig‘i halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty Images
Falastin Markaziy statistika byurosi (CSBP) ma’lumotlariga ko‘ra, 15 oy oldin Isroil bilan boshlangan urush oqibatida G‘azo aholisi 6 foizga kamaydi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Qayd qilinishicha, anklavdan 100 mingga yaqin falastinlik qochgan va 55 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 45,5 ming falastinlik halok bo‘lgan, ularning yarmidan ko‘pi ayollar va bolalar. 11 ming nafar falastinlik bedarak yo‘qolgan.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi CSBP ma’lumotlarini «Isroilni qoralash maqsadida uydirilgan, shishirilgan va manipulyatsiya qilingan» dedi.
CSBP ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo aholisining qariyb 22 foizi oziq-ovqat yetishmovchiligining halokatli darajasiga duch kelmoqda. Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu 22 foizdan 3,5 mingga yaqin bolalar to‘yib ovqatlanmaslik tufayli o‘lim xavfi ostida.
Mavzuga oid
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
09:24 / 23.12.2025