2024 yilda tekshirilgan davlat xaridlarining 86 foizi noqonuniy deb topildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 234 ta holatda 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalarini bekor qildi.
2024 yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o‘tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumot berdi.
Jumladan, 2024 yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xarid o‘rganilgan va 234 ta holatda 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilingan. Bu qariyb 86 foizni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, noqonuniy xaridlar yuzasidan vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritilgan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborilgan.
Qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Qayd etilishicha, davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoringi davom ettiriladi.
Mavzuga oid
16:22 / 28.11.2024
«Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
11:33 / 15.11.2024
“Pora kattalashgan sari suverenitet bilan savdolashish boshlanadi” – faollar bilan suhbat
16:21 / 12.11.2024
1,5 mingga yaqin boshqaruv xodimi qonunga zid tarzda tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi
23:25 / 09.11.2024