AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi
Kurer yigit yupun kiyimda pitssa tashiyotganini ko‘rgan politsiyachi uni videoga olib, TikTok’ka joylagan. Kutilmaganda unga katta miqdorda xayriya to‘plangan.

Videodan kadr
Amerikalik politsiyachi Richard Kreyg tomonidan suratga olingan video TikTok’da ommalashdi. Videoda pitssa yetkazib beruvchi yigit qorli havoda yengil krossovka va sviter kiygan holda yurgani aks etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni AQShning Indiana shtatida kuchli qor bo‘roni sodir bo‘lgan. 20 yoshli mahalliy kurer Konnor Stefanoff esa pitssa yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgandi. Uning aytishicha, qorda transport harakati to‘xtatilgani sababli, buyurtmalardan birini yetkazish uchun bir kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lgan. Konnor pitssani o‘z vaqtida yetkazgan bo‘lsa-da, atigi 2 dollar choychaqa olgan.
Bu vaziyat Richard Kreygni g‘azablantirgan. U Konnorga yonidagi bor puli — 15 dollarni bergan va keyin voqeani TikTok’da ulashgan.
“Men hayratda qoldim. Yo‘llardan deyarli yurib bo‘lmasdi. Shunda bu bolaning qilayotgan ishini tasvirga olishim kerakligi, og‘zaki aytsam, odamlar ishonmasligini o‘yladim”, — deya politsiyachi The Washington Post gazetasiga voqea haqida aytib berdi.
Kreygning obunachilari Konnor uchun GoFundMe platformasida mablag‘ yig‘ishni taklif etdi. Politsiyachi kamida 500 dollar yig‘ilishini kutgandi. Ammo ikki hafta ichida kurer uchun deyarli 40 ming dollar xayriya to‘plandi.
Konnor buvisi bilan yashashini aytgan. Uning maoshi kommunal to‘lovlarni qoplashga yetardi xolos. Yigit xayriya pulining bir qismini mashina sotib olishga sarflamoqchi. Yana bir qismini kollejda o‘qishga, qolganini esa xayriya ishlariga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Konnor ishlaydigan Rockstar Pizza kompaniyasi ob-havo yomonlashgan kunlarda o‘z kurerlariga uyda qolishga ruxsat beradi. Biroq yigit baribir ishga chiqishga qaror qilgan. Uning aytishicha, qilgan ishi birovning e’tiborini tortmagan taqdirda ham, boshqacha yo‘l tutmagan bo‘lardi.
“Boshqalar sizga qanday munosabatda bo‘lishini istasangiz, siz ham ularga shunday bo‘ling”, — deydi u.
Tavsiya etamiz
Dovyurak va fidoyi jurnalist eding
O‘zbekiston | 12:50 / 27.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
Jahon | 20:42 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida
O‘zbekiston | 18:45 / 25.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV
O‘zbekiston | 16:42 / 23.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Vologda viloyatida migrantlarga qurilishda ishlash taqiqlandi
Jahon | 20:59
-
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi
Jamiyat | 20:43
-
Rossiya migrantlarga poytaxt va unga qo‘shni hududda bitta patent bilan ishlashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda
Jahon | 20:40
-
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
Jamiyat | 20:39
Mavzuga oid

17:00
Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi

14:01
AQShda 27 yoshli Uayttop dunyodagi eng keksa lama deb tan olindi. U og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish bilan shug‘ullanadi

08:36
AQSh Moliya vazirligi: Kiyev bilan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tayyor

21:50 / 27.02.2025