Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniyaning Times Higher Education tashkiloti talqiniga ko‘ra, ilk bor dunyoning eng nufuzli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, reytingda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 301–400, Muhandislik yo‘nalishida 501–600 o‘rinlar oralig‘ida qayd etildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti esa Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 601–800 o‘rinlar oralig‘ida o‘z o‘rnini topdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ta’lim yo‘nalishida 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishida 1001+ o‘rinni egalladi.
Dunyodagi eng nufuzli tabiiy fanlar universitetlari ro‘yxatida Kaliforniya universiteti, Garvard, Stenford va Massachusets texnologiya instituti (MIT) yetakchilik qilmoqda. Eng yaxshi IT universitetlar reytingida Oksford, Kembrij va MIT e’tirof etilgan.
Times Higher Education reytingi 11 toifani qamrab oladi. Tashkilot ekspertlari universitetlarni o‘qitish sifati, talabalar va bitiruvchilarning istiqbollari va boshqa parametrlar asosida baholaydi.
Mavzuga oid
20:58 / 13.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonda talabalarni moliyaviy qo‘llab-quuvatlashga 250 mln dollar ajratadi
16:15 / 13.12.2025
Reding universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
16:33 / 29.11.2025