Netanyahu garovdagi isroilliklar ozod etilishi bo‘yicha Hamasga ultimatum qo‘ydi
Gap 15 fevral kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan to‘qqiz nafar garovdagi shaxs haqida ketmoqda. Avvalroq Hamas Isroil tinchlik sulhini buzgani uchun garovdagi isroilliklarni ozod etish jarayonini bekor qilgandi.

Foto: Getty Images
Hamas 15 fevral kuni garovdagilarni ozod etmasa, Isroil G‘azo sektorida «intensiv jangovar harakatlarni» qayta boshlaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu harbiy-siyosiy mahkama yig‘ilishidan keyin ma’lum qildi.
«Men qabul qilgan va mahkama bir ovozdan tasdiqlagan qaror shunday: agar Hamas shanba kuni tushga qadar garovdagi fuqarolarimizni qaytarmasa, o‘t ochishni to‘xtatish bekor qilinadi va TsAXAL Hamas butunlay yo‘q qilingunga qadar intensiv jangovar harakatlarni qayta tiklaydi», — dedi Netanyahu.
The Times of Israel ma’lumotlariga ko‘ra, gap 15 fevral kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan to‘qqiz nafar garovdagi shaxs haqida ketmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Hamasni shanba kuni garovda qolgan 76 nafar isroillikning barchasini ozod etishga chaqirgandi. Isroil bosh vaziri o‘z nutqida mahkama Trampning talabini olqishlaganini qayd etgan.
Netanyahuning ta’kidlashicha, yig‘ilish davomida harbiy-siyosiy mahkama «8 fevral kuni ozod etilgan garovdagi fuqarolarning dahshatli ahvolidan g‘azabda ekanini bildirgan».
«Hamasning sulhni buzib, garovdagi fuqarolarimizni ozod etmaslik haqidagi bayonotidan keyin o‘tgan kecha TsAXALga G‘azo sektori ichi va atrofiga kuchlarni to‘plashni buyurdim. Ushbu operatsiya ayni soatlarda o‘tkazilmoqda va yaqin vaqt ichida yakunlanadi», — deya qo‘shimcha qiladi Isroil bosh vaziri.
Hamas va Isroil o‘rtasidagi tinchlik sulhi 19 yanvardan kuchga kirgan. Uning 42 kun davom etadigan birinchi bosqichida Hamas garovga olingan 33 kishini qo‘yib yuboradi, Isroil bo‘lsa 1,9 mingdan ziyod mahbusni ozod etadi va G‘azo sektoridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlaydi.
10 fevral kuni Hamas garovda saqlanayotgan Isroil fuqarolarining navbatdagi guruhini ozod etish jarayonini bekor qildi. Hamas ushbu qarorni Isroil tomoni tinchlik sulhini buzgani sabab qabul qilganini bildirgan. Ta’kidlanishicha, Isroil G‘azo sektorining shimoliy qismida yashovchi aholining uyiga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda, shuningdek, mintaqaga gumanitar yordamlarni kiritmayapti.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolarining Slovakiyaga mehnat migratsiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:30
-
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 10:01
-
Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat | 09:59
-
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi
O‘zbekiston | 09:57
Mavzuga oid

16:57 / 23.02.2025
Isroil 600 dan ortiq falastinlik mahbuslarning ozod etilishini bekor qildi

21:41 / 18.02.2025
Hamas G‘azo boshqaruvini topshirishga rozi. Bu amalga oshadimi?

15:28 / 17.02.2025
Netanyahu: AQSh yordami bilan biz Eronga qarshi «ishni yakunlaymiz»

08:00 / 11.02.2025