Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA sudi rohib qotilligida gumon qilingan o‘zbekistonliklarni o‘limga hukm qildi – OAV
O‘zbekistonning isroillik rohib Tsvi Koganning o‘limida gumonlanayotgan uch nafar fuqarosi o‘limga hukm qilingani ta’kidlanmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari sudi o‘tgan yilning noyabrida rohib Tsvi Koganni o‘ldirishda gumon qilingan uch nafar o‘zbekistonlikni o‘limga hukm qildi. Bu haqda Isroil hukumatidagi rasmiy manbalarga tayanib, Ynetnews xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hukm 30 mart kuni chiqarilgan. Biroq, BAA rasmiylari tomonidan e’lon qilinmagan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu masala bo‘yicha hali rasmiy bayonot bermadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda sudlanuvchilardan birining yaqin qarindoshlari bilan suhbati audiosi tarqalmoqda. Unda aytilishicha, «uchala gumondorga ham o‘lim jazosi tayinlangan». Audioning haqiqiy ekani tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida rohib Kogan dom-daraksiz yo‘qolgan, ko‘p o‘tmay BAA politsiyasi uning jasadini zo‘ravonlik izlari bilan topgandi.
Keyinchalik BAA Ichki ishlar vazirligi tomonidan uch nafar gumondor qo‘lga olindi, ular – Mahmudjon Abdurahim o‘g‘li Kenjaboyev, Azizbek Komilovich Ismoilov, Olimboy Tohirovich Davlatyorov bo‘lib, barchasi O‘zbekiston fuqarosi.
BAA rasmiylari jinoyatning motivlari haqida xabar bermadi. Isroilning ta’kidlashicha, bu «antisemitizm bilan sug‘orilgan terrorchilik akti».
Mavzuga oid
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
21:29 / 09.01.2026
Isroil: Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini Nikolay Mladenov boshqaradi
12:47 / 09.01.2026
Isroil G‘azoga yana zarba berdi: 13 kishi halok bo‘ldi
11:37 / 07.01.2026