Birlaşgan Arab Amirliklari sudi ötgan yilning noyabrida rohib Tsvi Koganni öldirişda gumon qilingan uç nafar özbekistonlikni ölimga hukm qildi. Bu haqda Isroil hukumatidagi rasmiy manbalarga tayanib, Ynetnews xabar berdi.
Naşrga köra, hukm 30 mart kuni çiqarilgan. Biroq, BAA rasmiylari tomonidan e’lon qilinmagan. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bu masala böyiça hali rasmiy bayonot bermadi.
Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda sudlanuvçilardan birining yaqin qarindoşlari bilan suhbati audiosi tarqalmoqda. Unda aytilişiça, «uçala gumondorga ham ölim jazosi tayinlangan». Audioning haqiqiy ekani tasdiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabr oyida rohib Kogan dom-daraksiz yöqolgan, köp ötmay BAA politsiyasi uning jasadini zöravonlik izlari bilan topgandi.
Keyinçalik BAA Içki işlar vazirligi tomonidan uç nafar gumondor qölga olindi, ular – Mahmudjon Abdurahim öğli Kenjaboyev, Azizbek Komiloviç Ismoilov, Olimboy Tohiroviç Davlatyorov bölib, barçasi Özbekiston fuqarosi.
BAA rasmiylari jinoyatning motivlari haqida xabar bermadi. Isroilning ta’kidlaşiça, bu «antisemitizm bilan suğorilgan terrorçilik akti».
















