Pentagon boş inspektori vazifasini bajaruvçi Stiven Stebbins mudofaa vaziri Pit Hegset boşqa amaldorlar bilan Yamandagi husiylarga zarbalar berilişini Signal messenjeridagi çatda muhokama qilgani yuzasidan tergov boşlanganini e’lon qildi, deb yozmoqda Bloomberg.

Stebbinsning bayonotida aytilişiça, «tegişli tekşiruv» qonun çiqaruvçilar tomonidan tergov ötkaziş töğrisidagi sörovga javoban boşlangan. Oldinroq boş inspektor vazifasini bajaruvçiga sodir bölgan holat böyiça «fakt va vaziyatni» örganişni sörab, Qurolli kuçlar böyiça qömitaning ikki senatori — respublikaçi Rojyer Uiker va demokrat Jyek Rid murojaat qilgandi.

Bloomberğning qayd etişiça, odatda senatorlarning maktublari zudlik bilan tergov boşlanişiga sabab böladi. Ammo Donald Tramp yanvar oyida prezidentlik lavozimiga kirişganidan keyin Stebbinsdagi oldingi inspektor Robert Storçni bir neçta boşqa inspektorlar bilan birga lavozimdan olgandi.

The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg 14 mart kuni Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Yamandagi husiylarga zarbalarni muhokama qilgan maxfiy çatga qöşib qöyilganini ma’lum qilgan edi. Signal messenjeridagi çat iştirokçilari orasida vitse-prezident Jyey Di Vens va Pentagon rahbari Pit Hegset ham bölgan.

Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uols ma’lumotlar sizib ketişi böyiça mas’uliyatni öz zimmasiga olgan — çatni özi oçganini e’lon qilgan. Çatga qöşiliş taklifi Goldbergga Uols nomidan kelgan.

AQŞdagi milliy xavfsizlik va razvedka şarhlovçilari, ekspertlar davlat maxfiy harbiy rejalarining bunday tijoriy çatlarda muhokama qilinişini jiddiy tanqid ostiga olgan. Ularning nazdida bu operatsion xavfsizlikning misli körilmagan buzilişi. Harbiy operatsiyalar Signal orqali muhokama qilingani Şpionaj töğrisidagi qonunga va davlat hujjatlarini saqlaş tartibiga ham zid bölişi mumkin. Çunki rasmiylar faqat himoyalangan, maxsus davlat kanallari orqali muloqot qilişi şart edi.