Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Mudhish Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani yo‘qotganga o‘xshaymiz»
Oq uy rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Jinping va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining birgalikda tushgan fotosuratini shunday izohladi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z mamlakati Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani «yo‘qotganini» aytdi va bu mamlakatlarga uzoq va baxtli kelajak tiladi. Bu haqda Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqda yozdi.
«Biz Hindiston va Rossiyani eng mudhish va tubsiz Xitoy tufayli yo‘qotganga o‘xshaymiz. Ularga birgalikda uzoq va farovon kelajak tilayman!», deb yozdi Tramp.
U o‘z postiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Jinping va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi fotosuratni ilova qildi.
Looks like we’ve lost India and Russia to deepest, darkest, China. May they have a long and prosperous future together! President Donald J. Trump
— Trump Truth Social Poss On X (@TrumpTruthOnX) September 5, 2025
(TS: 05 Sep 06:14 ET)… pic.twitter.com/jxEROEIq0H
Si Jinping, Putin va Modi bir necha kun oldin Xitoyning Tyanjin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida uchrashgan edi. Putin va Si u yerda AQSh va Yevropaning hukmronligisiz dunyo tartibini ilgari surdi. Ikkala yetakchi ham uzoq vaqtdan beri «ko‘p qutbli dunyo tartibini» yaratishga chaqirmoqda, bu esa Vashington unda asosiy rol o‘ynamasligini anglatadi.
Trampning o‘zi avvalroq Xitoy va Rossiyaning AQShga qarshi birlashishi xavfi uni umuman xavotirga solmayotganini aytgandi.
«Ular hech qachon bizga qarshi qurolli kuchlarini qo‘llamagan bo‘lardi. Ishoning, bu ular qilishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa», dedi u 2 sentabr kuni.