Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Otabek Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlagan Botir Qudratxo‘jayev oldinroq Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgandi.
Prezidentning tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Xolboyev Otabek Akbarovich Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Otabek Xolboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2022 yil noyabridan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev 2025 yil fevral oyi oxirida favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
18:38 / 19.06.2026
O‘zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan shaxs milliardlab so‘mlik firibgarlikda gumonlanmoqda
18:47 / 19.05.2026
O‘zbekiston harbiy prokurori o‘zgardi
20:14 / 08.05.2026