Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»
Oq uy rahbari Rossiya prezidentini yana tanqid qildi.
Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «olov bilan o‘ynayapti». Bu haqda Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
«Vladimir Putin tushunmayotgan narsa shuki, agar men bo‘lmaganimda, hozir Rossiya bilan juda ko‘p yomon voqealar sodir bo‘lar edi, haqiqatda yomon narsalar», deb yozdi Tramp tafsilotlarga to‘xtalmasdan.
«U olov bilan o‘ynayapti!», deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Bir kun avval, Rossiya Ukraina shaharlariga raketa va dronlar bilan ommaviy zarbalar berganidan keyin 12 kishi halok bo‘lgach, Tramp Putinni keskin tanqid qildi.
«U butunlay aqldan ozgan! U zaruratsiz juda ko‘p odamlarni o‘ldiryapti va men shunchaki askarlar haqida gapirmayapman. Ukraina shaharlariga hech qanday sababsiz raketalar va dronlar uchirilmoqda», deb yozdi Tramp Putin haqida.
Kreml bu tanqidni «hissiy yuklama ta’siri» ostida yozilgan, deb hisobladi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
19:07 / 22.12.2025
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
14:35 / 22.12.2025
Parij Putinning Makron bilan muloqotga tayyorligini olqishladi
13:32 / 22.12.2025