Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan buyon qancha “yashil” energiya ishlab chiqarilgani aytildi
O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025 yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt/soatni tashkil qildi.
Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligi xabar qilishicha, bu o‘tgan vaqt mobaynida kuniga o‘rtacha 26,7 mln kVt/soat elektr energiyasi quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olindi, deganidir. Mazkur generatsiyaning 3 mlrd 125,4 mln kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1 mlrd 915,1 mln kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.
1 mlrd 515 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi, atmosferaga 2 mln 220 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Bugungi kunda mamlakatning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4 119 megavatt bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Mavzuga oid
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
13:51 / 03.01.2026
Shaharlar hududining kamida 30 foizi yashil maydonlarga aylantiriladi
22:59 / 20.12.2025
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda svet o‘chdi?
20:41 / 15.12.2025