Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?
24 iyulda yangi o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlari yakunlanadi. Shundan so‘ng abituriyentlar bakalavriat uchun qaysi oliygohda qanday ta’lim shakli va yo‘nalishda o‘qishini tanlashlari kerak bo‘ladi. Bunga 15 kun vaqt ajratiladi. Xo‘sh, jarayon qanday kechadi? Nomzodlar nimalar qilishi lozim?

Foto: Kun.uz
O‘tgan o‘quv yilidan boshlab oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 2 bosqich: “avval test, keyin tanlov” shaklida o‘tishi belgilangandi. Ya’ni bunda dastlab testda ishtirok etish va testlar to‘liq yakunlanganidan so‘ng ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli tanlanadi.
Ayni kunlarda 2025-2026 o‘quv yili uchun OTMga kirish sinovlari davom etyapti, jarayon 24 iyulda tugaydi. Keyin abituriyentlar 15 kun davomida, taxminan 7 avgust sanasigacha qaysi oliygohga, qaysi ta’lim yo‘nalishida o‘qishini belgilashi kerak bo‘ladi. Quyida shuning tartibi tushuntiriladi.
1. Buning uchun dastlab my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
2. Abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha OTM va ta’lim yo‘nalishini shakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir yoki turli OTM doirasida tanlash mumkin.
3. Ta’lim yo‘nalishlari tanlangach, “Saqlash” tugmasi bosildi. Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
4. So‘ng “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, OTM va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
Nomzodlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Ularning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng, bir hafta muddatda e’lon qilinadi. Bu taxminan 14 avgust sanalariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu boradagi aniq ma’lumot Davlat komissiyasi tomonidan xabar qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlangani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2025-2026 yillar uchun bakalavriatga 35 500 nafar, magistraturaga esa 9 922 nafar o‘rin ajratiladi. Qabul kvotalari faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40
-
Rossiyada migrantlarni Max o‘rnatishga majburlash taklif qilindi
Jahon | 19:34
-
Rossiya iqtisodiyotida turg‘unlik. Budjetning naq yarmi harbiy xarajatlarga ketyapti
Iqtisodiyot | 19:17
-
Toshkentga Xitoydan ko‘chma nimstansiyalar keltiriladi - Mirzamahmudov
O‘zbekiston | 18:46
Mavzuga oid

22:30 / 20.08.2025
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

18:15 / 20.08.2025
1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi

21:27 / 19.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

13:58 / 18.08.2025