Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Prezident imzolagan 43-sonli farmoyishga ko‘ra, tarmoq va sohalar kesimida bakalavriat va magistratura uchun 4 yillik qabul kvotasi belgilab olindi. Ilgari bu parametrlar har yili alohida e’lon qilinardi.
O‘rinlar hozircha faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli. Quyida yillar kesimida bakalavriat va magistratura uchun talabalarga qancha joy ajratilgani keltiriladi.
Bakalavriat:
- 2025-2026 yillar – 35 500 nafar;
- 2026-2027 yillar – 36 023 nafar;
- 2027-2028 yillar – 36 460 nafar;
- 2028-2029 yillar – 36 761 nafar.
Magistratura:
- 2025-2026 yillar – 9 922 nafar;
- 2026-2027 yillar – 10 191 nafar;
- 2027-2028 yillar – 10 477 nafar;
- 2028-2029 yillar – 10 784 nafar.
Shuningdek, farmoyish bilan nodavlat hamda xorijiy universitetlarga davlat granti taqsimoti ham keltirib o‘tilgan. Ta’kidlanishicha, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga 1 320 ta davlat granti taklif etiladi.
Bunda davlat ta’lim tashkilotlarining xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari uchun ham kvota ajratilishi nazarda tutilgan.
Davlat oliygohlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun esa 30 ta davlat granti ajratilmoqda. Bunda ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimot yuzasidan takliflar tayyorlanishi kutilyapti. Xotin-qizlar uchun bu yil 4 mingta davlat granti beriladi.
Hozircha davlat OTMlarining qabul kvotalaridan qanchasi grant va kontrakt-to‘lov bo‘lishi noma’lum. Yangi o‘quv yilining grant va kontrakt o‘rinlari 1 hafta ichida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi aytib o‘tilgan.
Qolaversa, bu muddat ichida komissiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha quyidagilarni ham tasdiqlashi lozim:
- kvota taqsimotida ishtirok etuvchi oliygohlar, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlarini;















