O‘zbekiston | 19:55 / 14.08.2025
2708
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari harorat biroz pasayishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanbada esa yana 2–3 darajaga pasayadi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16 avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 15–16 avgust kunlari asosan +30…+35 daraja, janubda +38 darajagacha bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 23 darajaga pasayadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 712 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida juma, shanba kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 38 metr/soniya tezlikda esadi, 1015 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechalari +19…+21 daraja, kunduz kunlari 1516 avgustda +32…+35 daraja, 17 avgustda +28…+30 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid