O‘zbekiston | 11:08 / 25.08.2025
6947
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi boshlandi

Mustaqillik bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi boshlandi.

Foto: Videodan kadr

Mazkur rastalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan tashqari Belarus, Pokiston, Mongoliya va Hindistondan keltirilgan mol hamda qo‘y go‘shtining turli navlari, shuningdek, viloyatlardan olib kelingan meva, sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari keng tanlovda taqdim etilmoqda.

Go‘sht narxlari 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha belgilangan.

Ushbu tashabbus aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, bozor narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid