Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubio Ukrainani Yevropa tashqi ishlar vazirlari va Sibiga bilan muhokama qildi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga AQSh davlat kotibi va Yevropa tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan konferensiya chog‘ida Kiyev «har qanday formatdagi yetakchilar darajasidagi uchrashuvlarga tayyor», dedi.
Marko Rubio Foto: AP
AQSh Kiyev va Yevropa davlatlari bilan muzokaralar orqali erishilgan barqaror tinchlik yo‘li bilan Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlar sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida. Bu haqda AQSh Davlat departamentining 25 avgust, dushanba kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas, Yevropaning bir qator davlatlari tashqi ishlar vazirlari va Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng tarqatgan bayonotida aytiladi.
Bayonotda keltirilishicha, suhbatda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful hamda Finlandiya, Fransiya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari: Elina Valtonen, Jan-Noel Barro, Antonio Tayani, Radoslav Sikorskiy va Devid Lemmi ishtirok etdi.
Andriy Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, «suhbat uchun davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi oldingi aloqalar, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vashingtonga muvaffaqiyatli tashrifi, shuningdek, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilarning ishi asos bo‘lgan».
Mavzuga oid
09:26 / 27.12.2025
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
09:02 / 27.12.2025
Zelenskiy: 20 banddan iborat kelishuv 90 foizga tayyor
08:40 / 27.12.2025
Putin Ukraina bilan qisman “hudud almashinuvi”ga tayyor
08:25 / 27.12.2025