Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO nemis qiruvchilarini Rossiya samolyotini tutib olish uchun havoga ko‘tardi
Rossiyaning Il-20 razvedka samolyoti Boltiq dengizi uzra transponderi o‘chirilgan holda va parvoz rejasini taqdim etmasdan uchib o‘tayotgan bo‘lgan. Germaniya Harbiy-havo kuchlarining ikkita Eurofighter uchog‘i havoga ko‘tarildi.
Foto: Baris Seckin/AA/picture alliance
26 avgust, seshanba kuni Germaniya Harbiy-havo kuchlarining ikki Eurofighter qiruvchi samolyoti Boltiq dengizi ustida xalqaro havo hududida bo‘lgan Rossiya razvedkachi samolyotini tutib olish uchun harakatga keltirildi.
Transponderlari o‘chirilgan holda va parvoz rejasini taqdim etmasdan uchgan Il-20 samolyotini tutib olish buyrug‘i NATO qo‘mondonligi tomonidan berilgan. Nemis qiruvchilari Rostok-Lage aviabazasidan havoga ko‘tarildi.
Joriy operatsiya Germaniya harbiy-havo kuchlari samolyotlarining yil boshidan beri Boltiq dengizi ustidagi o‘ninchi trevoga bo‘yicha ko‘tarilishi bo‘ldi, deb xabar beradi dpa axborot agentligi.
So‘nggi paytlarda Boltiqbo‘yi mintaqasida josuslik urinishlari va ehtimoliy qo‘poruvchilik harakatlari tufayli vaziyat keskinlashdi. Rossiya razvedka samolyotlari bir necha bor NATO davlatlarining Boltiqbo‘yi qirg‘oqlarida, xususan, Polsha, Germaniya, Daniya va Shvetsiyadagi harbiy faoliyati haqida ma’lumot to‘plash uchun Kaliningraddan havoga ko‘tarildi. Bu kabi parvozlar «Rossiyaning harbiy qo‘rqitish va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish taktikasi»ning bir qismi hisoblanadi», deb yozgan avvalroq Germaniyaning Bild gazetasi.
Mavzuga oid
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
09:37 / 26.12.2025
Rossiya TIV rossiyaliklarni Germaniyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
15:05 / 24.12.2025