Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq harbiy qism binolari yerini 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga fuqaro L.E. murojaat qilgan.
Illyustrativ foto
Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro B.X. ariza muallifi L.E.ga Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi sobiq harbiy qism bino inshootlari joylashgan 12,7 gektar yer maydonini 600 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan bo‘nak (avans) sifatida 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025