Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 5 ishchi kanalizatsiya quvuriga oqib, halok bo‘ldi
Ulardan uch nafarining jasadi topildi, qolgan ikki nafari qidirilmoqda.
Foto: IIB
Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Bog‘idasht qishlog‘ida 5 ishchi ehtiyotsizlik oqibatida kanalizatsiya quvuriga oqib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 4 sentabr kuni ishchilar Buxoro shahri, 7-mikrorayonda qurilayotgan ko‘pqavatli uyni Bog‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Markaziy kanalizatsiya quvuriga ulamoqchi bo‘lgan.


Ta’kidlanishicha, «Fayz binokor Oltiariq» korxonasi ishchilari Buxoro viloyati Suv va oqava ta’minoti bo‘yicha injiniring kompaniyasidan ruxsat olmasdan, kanalizatsiya qopqog‘ini ochgan va quvurga tushgan. Oqibatda, kuchli oqim tufayli quvur ichiga oqib ketgan.
Ishchilardan 3 nafarining jasadi «Zarmanoq» mahallasidagi oqova suvlarni uzatgich punkti quvuridan topilgan, qolgan 2 nafari izlanmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:51 / 16.01.2026