Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyaga O‘zbekistondan ekologik toza mahsulotlar yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi
Norvegiyaning Drammen shahridagi Internasjonalt Matsenter savdo markazida ilk bor "O‘zbekiston mahsulotlari" ixtisoslashtirilgan burchagi ochildi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, burchak Norvegiyaning Merjem, Internashonalt mast va boshqa savdo korxonalari bilan hamkorlikda tashabbuskor hamyurtlar ishtirokida tashkil etildi.
Unda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar, poliz mahsulotlari, tabiiy sharbatlar, qadoqlangan tovarlar va boshqa milliy mahsulotlar xaridorlarga taklif etilmoqda.
Mahsulotlar Quva Agrostar va Norvegiyaning Exotik fruit As eksport qiluvchi kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida yetkazib berildi.
Mutaxassislarning fikricha, bu tashabbus O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozorida keng targ‘ib qilish va doimiy savdo sherikligini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:19 / 25.02.2026
Norvegiya maktablarida mobil telefonlarni taqiqlash ijobiy natija berdi
22:53 / 24.02.2026
Norvegiyaning sobiq bosh vaziri o‘z joniga qasd qilishga urindi – OAV
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026