Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu G‘azo shahrini 100 mingga yaqin aholi tark etganini ma’lum qildi
Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, "Isroil terrorchilarga zarba bermoqchi, aholiga esa chiqib ketish imkoniyatini taqdim etadi".
Foto: Reuters
Isroil armiyasi rejalashtirgan harbiy operatsiya fonida 100 mingga yaqin kishi G‘azo shahrini tark etdi, deb ma’lum qildi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.
"G‘azoni 100 mingga yaqin kishi tark etdi, HAMAS ularni chiqarmaslik, ulardan “tirik qalqon” sifatida foydalanish uchun bor imkonini ishga solmoqda", - dedi u.
Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, "Isroil terrorchilarga zarba bermoqchi, aholiga esa chiqib ketish imkoniyatini taqdim etadi".
6 sentabr kuni Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichay Adre shahar aholisi janubdagi Xon-Yunus qirg‘oq hududidagi maxsus belgilangan joyga evakuatsiya qilinishini yozgandi.
Unga ko‘ra, u yerda oziq-ovqat, tibbiy yordam va boshpana taqdim etiladigan «gumanitar zona» bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
09:24 / 23.12.2025
Isroil hukumati armiya radiosini yopishni ma’qulladi
15:41 / 20.12.2025