Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Surxondaryoda avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘rtasidagi onlayn vebinar tashkil etildi.
Foto: Dunyo
Vebinarda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi Turkiya-O‘zbekiston qo‘mitasi boshqaruv a’zosi Jyem Aker, Surxondaryo viloyati hokimiyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi mas’ullari, mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi va Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi diplomatlari, Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan yirik turk investorlari va boshqa kompaniyalar vakillari qatnashdi.
Uchrashuv Surxondaryo viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm hamda boshqa bir qator sohalardagi salohiyatini Turkiyadagi ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan Turkiyaning Türk Global Center kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ashkin Yurdakul va HumAgro kompaniyasi hammuassisi Xaluk Ko‘ksalan loyihalari haqida to‘xtaldi.
Turkiya biznesi vakillari Surxondaryo viloyatida energetika, savdo, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Mavzuga oid
13:30 / 12.02.2026
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz shaklga o‘tadi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
07:52 / 04.02.2026
Eng kam muammoli avtomobillar – 2026 yil reytingi
16:15 / 01.02.2026