Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya chegarani qo‘riqlash uchun Polshaga uchta vertolyot yubordi
Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polsha hududiga bostirib kirgach, Chexiyaning Nameshti-nad-Oslavu shahridagi 22-vertolyot aviatsiya bazasidan uchta vertolyot qo‘shni davlatga uning sharqiy chegarasini qo‘riqlash uchun yetib keldi.
Foto: X / ArmadaCR
Chexiya Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polsha havo hududiga bostirib kirganidan so‘ng o‘zining sharqiy chegarasini qo‘riqlashda yordam berish uchun Polshaga uchta vertolyot yubordi. Bu haqda 14 sentabr, yakshanba oqshomida Chexiya Respublikasi qurolli kuchlari X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Bugun Polshaga uchta Chexiya vertolyoti yetib keldi, bu bizning yaqin ittifoqchimiz sharqiy chegarasi havo hududi mudofaasini kuchaytiradi. Ular so‘nggi manzilga yaqin soatlarda yetib boradi. Bizning uchuvchilarimiz yaqin orada Polsha havo hududini himoya qilishni boshlaydi», — deyiladi postda.
O‘z navbatida, Polsha Qurolli kuchlari Bosh shtabi aniqlik kiritishicha, vertolyotlar Nameshti-nad-Oslavudagi 22-vertolyot aviatsiya bazasiga tegishli va ular allaqachon Polshada. «Ushbu bo‘linma askarlari o‘tgan yili Polshaning janubi-g‘arbiy hududlarida sodir bo‘lgan suv toshqini paytida yordam ko‘rsatib, mamlakatda faoliyat olib borgan», — deyiladi o‘sha postda.
Mavzuga oid
08:50 / 23.02.2026
Polsha bilan chegaradan o‘tishni yengillashtirish yuzasidan muloqot boshlandi
10:02 / 17.02.2026
Polsha fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi
12:11 / 16.02.2026
Chexiya shaharlarida prezident Pavelni qo‘llab-quvvatlash mitinglari bo‘lib o‘tdi
13:30 / 07.02.2026