Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida havo biroz isishi kutilmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi. Havo yakshanba kuni +32…+34 darajagacha isiydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Foto: Kun.uz
19–21 sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Juma kunduzi havo +25…+28 darajagacha, janubda +30 darajagacha isiydi. Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzgi harorat +32…+34 darajaga yetadi.
20–21 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Kunduzi havo harorati juma kuni +26 daraja, shanba kuni +28…+30 daraja, yakshanba kuni +32…+34 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
12:09 / 19.12.2025