Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yana xorijiy filmlarga 100 foizlik bojlar bilan tahdid qildi
Qo‘shma Shtatlar xalqaro raqobatda o‘z o‘rnini yo‘qotayotgan kino sanoatini qaytarib olishi kerak, dedi Tramp. Buning ortidan Amerika kinostudiyalarining aksiyalari pasayib ketdi.
Foto: Kent Nishimura/Consolidated/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp xorijda ishlab chiqarilgan filmlarga 100 foizlik bojlar joriy etish rejasini yana bir bor e’lon qildi. 29 sentabr, dushanba kuni Truth Social ijtimoiy media platformasida ushbu choralarni asoslab, u Amerika kino sanoati xalqaro raqobat oldida o‘z o‘rnini yo‘qotayotganini ta’kidladi.
«Kino biznesini Amerika Qo‘shma Shtatlaridan boshqa davlatlar chaqaloqning o‘yinchog‘i kabi o‘g‘irlab ketdi», deb yozadi u. Kaliforniya shtati, deya qo‘shimcha qildi Tramp, ayniqsa gubernatorining noto‘g‘ri siyosati tufayli jabr ko‘rdi.
Trampning bayonotidan so‘ng Amerikaning Paramount Skydance va Warner Bros. Discovery mediakorporatsiyalari aksiyalari mos ravishda 2,1 va 1,3 foizga, Amerikaning Netflix striming kompaniyasi aksiyalari esa 1,5 foizga arzonlashdi.
Mavzuga oid
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
08:45 / 19.12.2025
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025