Jahon | 13:05 / 04.10.2025
5075
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning Kurskdagi hujumida 60 nafar rossiyalik oddiy askar halok bo‘ldi

"Vajnyye istorii" ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil avgustida Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumi boshlanganidan keyingi birinchi haftada o‘nlab rossiyalik oddiy askarlar halok bo‘ldi.

Foto: Russian Defence Ministry/REUTERS

"Vajnyye istorii" ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining 2024 yil yoz va kuzida Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi chog‘ida kamida 60 nafar rossiyalik oddiy askar halok bo‘lgan. Ularning qariyb yarmi 6 avgust kuni Ukraina hujumi boshlanganidan keyingi dastlabki yetti kun ichida o‘ldirilgan, deb yozadi nashr 3 oktyabr, juma kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga tayanib.

Xususan, 13 va 14 avgust kunlari Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘mondonligi tomonidan joylashtirilgan Ukraina chegarasidan 3,5 km uzoqlikdagi Vesyoloye qishloq maktabiga bergan zarbasi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi. Muddatli harbiy xizmatchilarning Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgani haqidagi xabarlar Ukraina hujumi boshlanganidan keyingi dastlabki kunlarda paydo bo‘lgan, biroq Rossiya Mudofaa vazirligi ularni mintaqadan olib chiqmagan.

Sentyabr oyida yana kamida 20 nafar harbiy xizmatchi vafot etdi, deya xabar beradi nashr. Halok bo‘lganlar orasida Rossiyaning 34 viloyatidan, jumladan Krasnodar va Krasnoyarsk o‘lkasidan besh nafar, Oltoy o‘lkasidan to‘rt nafar va Yamalo-Nenets avtonom okrugi, Komi, Buryatiya va Dog‘istondan uch nafardan harbiy xizmatga chaqirilganlar bor. Ularning o‘rtacha yoshi taxminan 20 yosh.

Kursk viloyatida yana 60 dan ortiq muddatli harbiy xizmatchilar bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.

Mavzuga oid