Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni Ukrainaga Tomahawk raketalarini berish oqibatlaridan ogohlantirdi
Rossiya rahbari bu harakat ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishini aytdi.
Foto: Australian military
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Tomahawk raketalarining ehtimoliy yetkazib berilishi ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishini, Ukraina masalasini esa hal qilmasligini aytdi. Bu haqda Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
«Suhbatda Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk qanotli raketalarini yetkazib berish muammosi ham ko‘tarildi. Vladimir Putin Tomahawk jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmasligi haqidagi tezisini takrorladi, ammo bularning barchasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy zarar yetkazadi, tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollari haqida gapirmasa ham bo‘ladi», dedi Ushakov.
«Tramp ertaga Zelenskiy bilan uchrashishini aytdi, shuningdek, Zelenskiy bilan muloqot chog‘ida, tabiiyki, bugungi telefon suhbatida Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan mulohazalarni hisobga olishini aytdi», deb qo‘shimcha qildi Putinning yordamchisi.
Tramp 17 oktyabr kuni Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qabul qiladi. Ular Tomahawk raketalarini Ukrainaga topshirish masalasini muhokama qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:06
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025